Ko'p so'raladigan savollar

Magic Manga platformasidan foydalanish bo'yicha eng ko'p beriladigan savollar va javoblar

1. Manga va manhwalarni o'qish mutlaqo bepulmi? ▼

Ha, Magic Manga platformasidagi minglab asarlar va boblar mutlaqo bepul taqdim etiladi. Ba'zi eksklyuziv yoki yangi chiqqan premyum boblarni ochish uchun esa platform ichidagi Crystal (balans) talab qilinishi mumkin.

2. Balansni (Crystal) qanday to'ldirish mumkin? ▼

Profil sahifangizga o'tib, "Pro olish" yoki "Balansni to'ldirish" tugmasini bosish orqali to'lov sahifasiga o'tishingiz va o'zingizga qulay usulda hisobingizni to'ldirishingiz mumkin.

3. O'qish tarixi saqlanib qoladimi? ▼

Agar siz o'z profilingizga kirgan (tizimga kirish qilgan) bo'lsangiz, o'qigan barcha boblaringiz va qayerda to'xtaganingiz avtomatik ravishda profilingizdagi "Davom ettirish" bo'limida saqlanib boradi.

4. O'z tarjimalarimizni yuklay olamizmi? ▼

Hozircha tarjimalar faqat maxsus admin va tarjimonlar jamoasi tomonidan amalga oshiriladi. Kelgusida jamoamizga qo'shilish uchun tez orada maxsus ariza topshirish funksiyasi qo'shiladi.

← Bosh sahifaga qaytish